Toshkentda sudya bevaqt vafot etdi
U faoliyatida xonanda Jahongir Otajonovning ishini ham koʻrib chiqqandi.
Jamiyat
18-dekabr 2023 yil

Jinoyat ishlari boʻyicha Sergeli tuman sudining sudyasi Temurjon Yusupov bevaqt vafot etdi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi xabar berdi.
Temurjon Yusupov 2021 yilda xonanda Jahongir Otajonovga nisbatan maʼmuriy huquqbuzarlik ishini koʻrib chiqqandi.
Eslatib oʻtamiz, bir necha oy avval Sergeli tumani sudyasi Farhod Shukurov uzoq vaqt davom etgan kasallik oqibatida vafot etgandi.