platina.uz
Jamiyat

Fargʻonada ham yoʻl haqi oshirildi

Bu haqda viloyat hokimining qarori eʼlon qilindi. 

Fargʻonada ham yoʻl haqi oshirildi

Fargʻona viloyati hokimi qarori bilan hududda jamoat transporti narxi oshirildi.

Jumladan, avtobuslarda bir kishi uchun yoʻl haqi 2 ming soʻm etib belgilandi (naqd pulda). Yoʻl haqini transport kartalari, ATTO va bank kartalari orqali toʻlaganlarga bir martalik imtiyozli tarif 1600 soʻmlik narx amal qiladi.

Yoʻnalishli taksi (mikroavtobus)larda 3 ming soʻm narx belgilandi.

Fargʻona viloyati shahar atrofi va shaharlararo viloyat ichi yoʻnalishlarida yoʻlkira:

- avtobuslarda bir yoʻlovchi uchun kilometri 250 soʻmdan;

- yoʻnalishli taksilarda esa 350 soʻm etib belgilandi.

Eslatib oʻtamiz, noyabr oyidan Toshkentda, soʻngra Sirdaryoda ham jamoat transporti narxi oshirilgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid