platina.uz
Iqtisod

Normat Tursunov byudjetdan bir milliard soʻmdan oshiq pul ajratdi

Viloyat qoʻgʻirchoq teatriga 300 million soʻm beriladi. 

Normat Tursunov byudjetdan bir milliard soʻmdan oshiq pul ajratdi

Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov farmoyishi bilan kechiktirib boʻlmaydigan choralar koʻrilishida talab etiladigan va boshqa xarajatlar uchun yoʻnaltirilgan mablagʻ hisobidan 1 mlrd. 27 mln. soʻm ajratildi.

Ushbu mablagʻlar turli maqsadlarda sarflanadi. Jumladan, viloyat IIBga "Aqlli chorraha" xarajatlari uchun 200 million soʻm, viloyat qoʻgʻirchoq teatriga moddiy-texnik bazani rivojlantirish va avtomobil xarid qilish uchun 300 million soʻm beriladi.

Bundan tashqari yoshlar siyosati va sport boshqarmasiga 100 million soʻm taqdim etiladi, pul erkin kurashni rivojlantirish va Olimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik xarajatlariga sarflanadi.

Konimex davlat oʻrmon xoʻjaligi 100 million soʻm oladi. Gʻozgʻon shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga 89,2 mln. soʻm beriladi. Farmoyishda shuningdek, sanʼat maktablariga ham kichik miqdorda mablagʻlar ajratilishi belgilangan.

Avvalroq Navoiyda "Prezident farmonlari va hukumat qarorlarini bajarish, infratuzilma obʼektlarini qurish va aholi turmush darajasini oshirish maqsadida" mahalliy byudjetdan 51,4 mlrd. soʻm mablagʻ ajratilgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid