platina.uz
Siyosat

BMT Gʻazodagi urushni zudlik bilan toʻxtatishni talab qiluvchi hujjatni qabul qildi

Oʻzbekiston ham rezolyutsiyani qoʻllab-quvvatladi. 

BMT Gʻazodagi urushni zudlik bilan toʻxtatishni talab qiluvchi hujjatni qabul qildi

BMT Bosh Assambleyasi Falastin-Isroil mojarosi hududida harbiy harakatlarni zudlik bilan toʻxtatishni talab qiluvchi rezolyutsiyani qabul qildi. Oʻzbekiston ham rezolyutsiyani qoʻllab-quvvatladi.

Hujjat 153 ta davlat vakillari (shu jumladan Oʻzbekiston) tomonidan maʼqullangan. Shu bilan birga, 10 davlat diplomatlari rezolyutsiya qabul qilinishiga qarshi chiqdi, yana 23 davlat vakillari ovoz berishda betaraf qoldi.

Hujjat Misr va Mavritaniya tomonidan tayyorlangan. Uning mualliflari rezolyutsiyani siyosiylashtirishni istamasliklarini bir necha bor taʼkidlab, uni sof insonparvarlik hujjati deb atashgan.

Rezolyutsiyada BMT Bosh Assambleyasi jangovar zonada “zudlik bilan oʻt ochishni toʻxtatish” va Falastinning HAMAS harakatining “barcha garovga olinganlarni shartsiz ozod qilish”ga chaqirishi taʼkidlangan. Bundan tashqari, BMT mojaro taraflaridan xalqaro gumanitar qonunlarga rioya qilishni va tinch aholi xavfsizligini taʼminlashni talab qildi.

Shuningdek, BMT Bosh assambleyasi AQShning Falastin boʻyicha rezolyutsiyaga HAMAS harakatini qoralash boʻyicha tuzatish kiritishini qabul qilmagan.

Vashington taklifiga 84 davlat ovoz berdi, 62 davlat qarshi chiqdi, 25 davlat betaraf qoldi. Shunday qilib, tuzatish qabul qilish uchun zarur boʻlgan uchdan ikki qism ovozni ololmadi.

Avvalroq, AQSh BMT Xavfsizlik kengashining Gʻazoda oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha rezolyutsiyasiga veto qoʻygandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid