Alifbo masalasidagi tortishuvlarni bas qilish kerak — Saida Mirziyoyeva
U bu haqda Toshkent shahrida oʻtkazilayotgan jadidchilik harakati va gʻoyalariga bagʻishlangan xalqaro anjumanda gapirdi, deya xabar bermoqda Platina.uz muxbiri.

Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosi islohoti boʻyicha bahs va tortishuvlarni toʻxtatib, soʻnggi qatʼiy nuqtani qoʻyish zarurligini aytdi.
U bu haqda Toshkent shahrida oʻtkazilayotgan jadidchilik harakati va gʻoyalariga bagʻishlangan xalqaro anjumanda gapirdi, deya xabar bermoqda Platina.uz muxbiri.
Saida Mirziyoyeva oʻz nutqida butun boshli davlat va millatning nomi turli joylarda har xil va notoʻgʻri yozilishini, shuning uchun ham buni tuzatish zarur ekanini taʼkidladi.
"Chunki gap bizning millatimiz, gʻururimiz, yurtimiz nomi haqida ketyapti. Toʻgʻri, alifbo islohoti yangi bahslar, tortishuvlar, koʻzda tutilmagan moliyaviy xarajatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Lekin yana bir bor taʼkidlayman, gap vatan va millat nomini toʻgʻri yozish haqida ketar ekan, bunday bahs va tortishuvlarni bas qilishimiz, alifbodagi ayrim oʻzgarishlarni joriy etishimiz va shu bilan alifbo masalasiga qatʼiy nuqta qoʻyishimiz zarur, deb hisoblayman», — dedi davlat rahbari yordamchisi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosining yangi tartibi va undagi 4 ta harfning yangi shakli loyihasi eʼlon qilingandi.
Unga koʻra:
- O‘ o‘ harfini Õ õ
- G‘ g‘ harfini Ğ ğ
- Sh sh harfini Ş ş
- Ch ch harfini C c harfiga oʻzgartirish taklif etilgan.