platina.uz
Jahon

Daniyada Qurʼon kitobini yoqish taqiqlandi

Ushbu qonunni yoqlab 94 nafar deputat ovoz berdi, 74 nafari qarshi chiqdi.

Daniyada Qurʼon kitobini yoqish taqiqlandi

Daniya parlamenti diniy matnlarni yoqishni taqiqlovchi qonunni qabul qildi va shu orqali Qurʼonni ham yoqishni taqiqladi, deb xabar beradi AFP.

Ushbu qonunni yoqlab 94 nafar deputat ovoz berdi, 74 nafari qarshi chiqdi.

Qonun loyihasi avgust oyida taklif qilingan, ammo tanqidga uchragan. Qonun loyihasining muxoliflari bu soʻz erkinligini keskin cheklaydi, deb taʼkidladilar. Ularning taʼsiri ostida hujjatga ayrim oʻzgartirishlar kiritildi. Qonun yetti kundan keyin kuchga kiradi.

Iyul oyi oxirida Daniya hukumati din va madaniyatni haqorat qiluvchi, shuningdek, qirollik xavfsizligiga tahdid soluvchi mazkur tadbirlarni cheklamoqchi ekani maʼlum boʻlgandi. Daniya rasmiylarining qoʻshimcha qilishicha, cheklovlar “konstitutsiya bilan himoyalangan soʻz erkinligi” doirasida amalga oshirilishi kerak.

Bungacha Stokgolm politsiyasi Qurbon hayiti bayramining birinchi kunida shahar masjidi yaqinida Qurʼonni yoqishga ruxsat bergan edi. 28 iyun kuni Stokgolmda iroqlik muhojir Salvan Momika Qurʼon sahifalarini yirtib, uni yoqib yuborgandi. Undan avval yanvar oyida daniyalik shaxs Rasmus Paludan ham ikki bor shu ishga qoʻl urgandi.

Mazkur qilmishlar dunyo boʻylab keskin noroziliklarga sabab boʻldi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid