Gʻazo sektorida urush qaytadan boshlandi
Isroil HAMASni vaqtinchalik sulhga amal qilmaslikda aybladi.
Gʻazo sektorida vaqtinchalik sulh tugadi, Isroil armiyasi harbiy harakatlar qayta boshlanganini eʼlon qildi.
Ijtimoiy tarmoqdagi qisqa bayonotda Isroil HAMAS guruhini janglar va Isroil hududini oʻqqa tutishda "operativ pauza" shartlarini buzganlikda aybladi.
“Isroil mudofaa kuchlari HAMASga qarshi jangovar harakatlarni qayta boshladi”, — deyiladi bayonotda.
AFP tarqatgan maʼlumotlarga koʻra, Isroil Gʻazo boʻylab avia va artilleriya zarbalari berishni boshladi.
Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 7 oktabridan boshlangan urushda 22 noyabrga kelib vaqtinchalik sulhga erishilgandi. Kelishuv falastinlik asirlar evaziga harbiy guruh tomonidan garovga olinganlarni ozod qilish va bir necha kunga jangovar harakatlarni toʻxtatishni nazarda tutgan. Muzokaralarda Qatar davlati vositachilik qilgandi.
Telegramda kuzatib boring!