Tuproqqalʼa tumaniga hokim tayinlandi
Tumanning sobiq hokimi Shuhrat Ahmedov Qoʻshkoʻpir tumaniga rahbar boʻlgandi.

Akmal Jimalyazov xalq deputatlari Tuproqqalʼa tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tuman hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
A.Jimalyazov tayinlovga qadar Xorazm viloyati qishloq xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Avvalroq tumanning sobiq hokimi Shuhrat Ahmedov Qoʻshkoʻpir tumaniga rahbar boʻlgandi.