Qozogʻistondagi yongʻinda ikki oʻzbekistonlik halok boʻldi
Hodisa sabab bosh vazir Alixan Smailovning topshirigʻi bilan hukumat komissiyasi tuzilgan.

Bugun, 30 noyabr kuni Olmaotada yuz bergan yongʻinda halok boʻlganlar orasida ikki oʻzbekistonlik borligi aniqlandi.
Bu haqda Olmaota politsiya departamenti matbuot xizmati xabar bergan.
"Vafot etganlardan toʻrt nafari xorijlik (ikki nafari Rossiya Federatsiyasi, ikki nafari Oʻzbekiston fuqarosi), yana 9 nafari Qozogʻiston Respublikasi fuqarolaridir. Sud-tibbiy ekspertiza tayinlandi", — deyiladi xabarda.
Mazkur hodisa yuzasidan jinoiy ish ochilib, tergov harakatlari boshlandi, bundan tashqari Qozogʻiston bosh vaziri Alixan Smailovning topshirigʻi bilan hukumat komissiyasi tuzilgan.
Eslatib oʻtamiz, 30 noyabr kuni Olmaotadagi xostel (yotoqxona)lardan birida yongʻin yuz berdi. Hozirgacha 13 kishi halok boʻlgani maʼlum.