Olmaotada fojia: 13 kishi yongʻin qurboniga aylandi

Maʼlumotlarga koʻra, yertoʻla yotoqxona sifatida foydalanib kelinayotgan boʻlgan. 

Jahon
30-noyabr 2023 yil
Olmaotada fojia: 13 kishi yongʻin qurboniga aylandi

Bugun, 30 noyabr kuni erta tongda Qozogʻistonning Olmaota shahrida fojia yuz berdi - yotoqxonadagi yongʻin sabab 13 kishi vafot etdi.

Yana 2 kishi shifoxonaga yotqizilgan. Hodisa joyiga favqulodda vaziyatlar vaziri, shahar hokimi yetib kelgan, qutqaruvchilar ishlamoqda. Halok boʻlganlar ichida ayollar va bolalar yoʻqligi aytilyapti. 

Qozogʻiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi avvalroq xabar berganidek, yongʻin vaqtida yotoqxonada 72 kishi boʻlgan. Ularning aksariyati evakuatsiya qilingan.

Maʼlumotlarga koʻra, shu vaqtga qadar yertoʻladan noqonuniy ravishda yotoqxona sifatida foydalanib kelingan.

Eslatib oʻtamiz, oktabr oyi oxirida Qozogʻistondagi Kostenko konidagi portlashda ham oʻnlab konchilar halok boʻlgan, mamlakatda motam eʼlon qilingandi. 

 

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+