platina.uz
Jamiyat

Voyaga yetmagan qizni jinsiy qullikda saqlashda ayblangan ayol qamoqqa olindi

Mazkur ish yuzasidan kuchli nazorat oʻrnatilgani maʼlum qilindi. 

Voyaga yetmagan qizni jinsiy qullikda saqlashda ayblangan ayol qamoqqa olindi

Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida 14 yashar qizni jinsiy qullikda saqlab kelishda ayblanayotgan ayol qamoqqa olindi. Bu haqda Bolalar ombdusmani maʼlumot berdi.

"Kitob tumani prokuraturasi tomonidan fuqaro N.A.ga (ayol) nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 135-moddasi 3-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan boʻlib, hozirda tergov guruhi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

2023 yilning 25 noyabr kuni fuqaro N.A. (ayol) gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, unga nisbatan JIB Kitob tumani sudining 26.11.2023 yildagi ajrimi bilan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanildi", deyiladi Bolalar ombdusmani xabarida.

Mazkur ish yuzasidan Bolalar ombudsmani voyaga yetmagan Ch.T. ning qonuniy manfaatlari taʼminlanishi ustidan parlament nazoratini davom ettiriladi.

Eslatib oʻtamiz, voqea tafsilotlari bir necha kun avval tarmoqda tarqalgandi, unda qiz 2023 yilning may oyidan 15 noyabrga qadar Shahrisabz tumani Xoʻjabogʻ qishlogʻida yashovchi fuqaro N.A.ning uyida zoʻrlik va tahdid orqali turli shaxslar bilan jinsiy aloqa qilishga majburlangani haqida soʻz borgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid