Platina koʻtargan muammo: ishonch telefonlari alohida tekshiriladi

Platina.uz vazirliklarning ishlamaydigan, yaxshi ishlamaydigan va umuman ishlamaydigan ishonch telefonlari haqida surishtiruv oʻtkazgandi.

Jamiyat
27-noyabr 2023 yil
Platina koʻtargan muammo: ishonch telefonlari alohida tekshiriladi

Platina.uz vazirliklarning ishlamaydigan, yaxshi ishlamaydigan va umuman ishlamaydigan ishonch telefonlari haqida surishtiruv oʻtkazgandi. Endi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi ayni shu xizmatlarni alohida nazoratga oladi.

Bu haqdagi prezident farmonida yozilishicha, davlat organlari va tashkilotlarining qayta aloqa tizimi samaradorligi darajasini baholash maqsadida “Qayta aloqaning sirli mijozi” tadbirlari oʻtkaziladi.

“Qayta aloqaning sirli mijozi” tadbiri:

  • davlat organlari va tashkilotlaridagi ishonch telefonlarining (Call-markaz) hamda ularning rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilingan telefon raqamlarining doimiy ravishda ishchi holatdaligi, maʼlumotlar almashinuvi samaradorligi, qayta aloqaning mavjudligi, shu jumladan, tezkorligi va belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi darajasini tekshirish maqsadida oʻtkaziladi;
  • Agentlikning masʼul xodimlari tomonidan aloqa vositalaridan (telefon qoʻngʻiroqlari, elektron pochta va boshqa aloqa kanallari) foydalangan holda masofaviy tartibda oʻtkaziladi;
  • natijalari boʻyicha davlat organlari va tashkilotlariga oʻzining ochiqlikni taʼminlashga oid faoliyatini yaxshilash hamda takomillashtirish uchun koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnoma yuboriladi.

Bunda quyidagilar taqiqlanadi:

  • “Qayta aloqaning sirli mijozi” tadbirini oʻtkazishda huquqbuzarliklar sodir etishga ogʻdirish va undash, shu jumladan, nizoli, bahsli holatlarni va kamchiliklarni sunʼiy ravishda keltirib chiqarish;
  • “Qayta aloqaning sirli mijozi” tadbirini oʻtkazishda agentlik masʼul xodimlaridan tashqari boshqa shaxslardan foydalanish;
  • oʻrganish obʼektiga tashrif buyurish.

Eʼtiborlisi, tadbir natijalari boʻyicha aniqlangan kamchiliklar vazirlik va idoralar xodimlarini javobgarlikka tortish uchun asos boʻlmaydi. Agar ish beruvchi oʻz shaxsiy tashabbusi bilan tekshirishni istagan boʻlsa, jazolashi mumkin.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+