Benzema kelayotgani uchun Olmaliqda koʻchalar vaqtincha yopiladi
Bu boʻyicha Olmaliq shahar hokimining farmoyishi qabul qilindi.

Mashhur futbolchi Karim Benzema toʻp suradigan "Al Ittihod" jamoasining Olmaliqqa tashrifi sabab ayrim koʻchalar yopiladi.
Bu boʻyicha Olmaliq shahar hokimining farmoyishi qabul qilindi.
"2023 yil 27 noyabr kuni soat 17:00 dan soat 23:00 ga qadar Amir Temur koʻchasining Kamalak chorrahasi bilan kesishgan qismigacha barcha tutashgan (Furqat, Yuksalish, Alisher Navoiy, Obihayot va Istiqlol) koʻchalar, shuningdek Yuksalish koʻchasining Parvoz koʻchasi bilan kesishgan qismi va Alisher Navoiy koʻchasining Istiqlol koʻchasi bilan kesishgan qismi yopilib, avtomobil qatnovi vaqtincha toʻxtatiladi", deyiladi farmoyishda.
Eslatib oʻtamiz, OChL 5-turidan oʻrin olgan OKMK-Al Ittihod uchrashuvi, bugun, 27 noyabr kuni boʻlib oʻtadi.