Isroil va HAMAS vaqtinchalik kelishuvga erishdi
Ushbu kelishuvda Qatar vositachilik qilgan.
Isroil hukumati HAMAS bilan vaqtinchalik kelishuvni maʼqulladi, u falastinlik asirlar evaziga harbiy guruh tomonidan garovga olinganlarni ozod qilish va bir necha kunga jangovar harakatlarni toʻxtatishni nazarda tutadi, deb yozadi Times of Israel.
Ushbu kelishuvda Qatar vositachilik qilgan.
"Bugun kechqurun hukumat ushbu maqsadga erishishning birinchi bosqichi rejasini tasdiqladi, unga koʻra kamida 50 nafar oʻgʻirlangan ayollar va bolalar toʻrt kun ichida ozod qilinadi, bu vaqt davomida janglar toʻxtatiladi", dedi Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu.
Haatrez nashrining aniqlik kiritishicha, dastlabki almashinuv Isroilga 30 nafar bola, sakkiz nafar ona va yana 12 nafar ayolni qaytarishni nazarda tutadi.
Bu yirik diplomatik yutuq va urush boshlanganidan beri harbiy harakatlardagi birinchi yirik pauzadir, deydi Axios.
Avvalroq Isroil HAMASning 50 kishini ozod etish evaziga vaqtinchalik sulh tuzish haqidagi taklifini rad etgandi.