platina.uz
Iqtisod

Benzin taqchilligi sunʼiy ravishda keltirib chiqarilyapti — vazir

Energetika vaziri "ayrim zapravkalar"ni manipulyatsiyada aybladi. 

Benzin taqchilligi sunʼiy ravishda keltirib chiqarilyapti — vazir

Energetika vaziri Joʻrabek Mirzamahmudov Parlament Quyi palatasida boʻlib oʻtayotgan “Hukumat soati”da benzin taqchilligi masalasiga toʻxtaldi.

Mirzamahmudovga koʻra, benzin yetishmovchiligini taqchillik deb ham boʻlmaydi, lekin "joylarda manipulyatsiya qilayotgan zapravkalar"ga nisbatan choralar koʻrilmoqda. Aynan buning oqibatida taqchillik sunʼiy keltirib chiqarilyapti.

Shuningdek, vazir Rossiya tomonidan benzin eksportiga qoʻyilgan taqiqning Oʻzbekistonga taʼsiri haqida ham gapirdi. Ushbu taqiq Oʻzbekistonga katta taʼsir qilmadi, chunki prezident Shavkat Mirziyoyevning oktabr oyida Rossiyaga tashrifi chogʻida alohida kelishuvlarga erishilgan. Hozirgi kunda Rossiya kompaniyalaridan benzin olib kelish boshlangan, deydi vazir.

Eslatib oʻtamiz, bir necha kun avval Rossiya hukumati benzin eksportiga qoʻyilgan taqiqni bekor qilgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid