Yoʻl boʻyidagi maktablar oldida kameralar oʻrnatiladi
Qurilmalar, shuningdek, kamida toʻrt tasmali yoʻllardagi piyodalar oʻtish joylarida hamda yoʻl-transport hodisalar oʻchoqlarida ham qoʻyiladi.
Yoʻllar boʻyicha joylashgan maktablar oldida kameralar oʻrnatiladi.
“Avtomobil yoʻllarida inson xavfsizligini ishonchli taʼminlash va oʻlim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–190-son qaroriga oʻzgartirish kiritildi.
Unga koʻra, yoʻllar boʻyida joylashgan maktablar oldida, kamida toʻrt tasmali yoʻllardagi piyodalar oʻtish joylarida hamda yoʻl-transport hodisalar oʻchoqlarida belgilangan tezlikni oshirish, piyodalarni oʻtkazmaslik va fuqarolarning yoʻlni belgilanmagan joydan kesib oʻtishi kabi qoidabuzarliklarni aniqlovchi maxsus foto-video qayd etish vositalari oʻrnatiladi.
Avvalroq, yangi kiritilayotgan oʻzgarishlarga koʻra ayrim shifokorlar oyligi oshishi maʼlum boʻlgandi.