Ayrim shifokorlarning oylik maoshi oshiriladi
Ayrim normativ huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Oʻzbekistonda ayrim shifokorlarning oylik maoshi oshiriladi.
Prezident Farmoni (PF-197-son, 20.11.2023 y.) bilan ayrim normativ huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Unga koʻra, “Tibbiyot muassasalari xodimlarini moddiy qoʻllab-quvvatlash hamda ragʻbatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF–136-son Farmonining 1-bandida nazarda tutilgan quyidagilar 2024 yil 1 yanvardan Ichki ishlar vazirligi tizimidagi tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga (maxsus va harbiy unvonga ega boʻlgan xodim hamda harbiy xizmatchilardan tashqari) nisbatan ham tatbiq etiladi:
- oylik lavozim maoshlari:
- oliy va birinchi malaka toifalariga ega boʻlgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun — 15 foizga;
- ikkinchi malaka toifasiga ega boʻlgan va toifaga ega boʻlmagan, shuningdek, boshqa tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun — 10 foizga;
- tibbiyot muassasalarining boshqa xodimlari uchun — 15 foizga oshiriladi.
Avvalroq oylik maosh, pensiya va nafaqalar dekabr oyida oshishi xabar qilingandi.