Tolibon va Oʻzbekiston oʻrtasidagi suv masalasida nizo chiqishi mumkinmi?
Tolibonga suv kerak. Yana ular “har qancha suv olishga haqqimiz bor”, deyapti. “Chunki 50 yil davomida hali ulushimizni olmadik”, deyapti. Va judayam tahlikali qadam bosyapti.
“Xalqona” dasturi loyihasida siyosatshunos Hamid Sodiq oʻtkazilgan suhbatda u ana shu va boshqa savollarga javob berib oʻtdi.
— Agar Oʻzbekistonda oʻtkir suv taqchilligi kuzatilsa, yaʼni bu muammoni oʻz tanasida his qilib boshlasa, ayrim dastaklardan foydalanishga harakat qiladi. Birinchidan, harbiy jihatdan kuchlanish kerak. Chunki Tolibon — bu bir jangari tuzilma, urishib kelgan siyosiy bir qatlam hisoblanadi. Ikkinchidan, elektr energiyasi bilan taʼminlash dastagi hamda Afgʻonistonga oziq-ovqat yetkazib berish taʼminlash shular jumlasidandir.
Oʻzbekiston chegarasiga yaqin joyda Afgʻoniston aholisining juda katta qismi yashaydi. Shu boisdan ham Oʻzbekiston suv taqchilligini jiddiy his qila boshlagan paytda mazkur dastaklardan foydalanishga urinadi. Boshqa iloji ham yoʻq. Urush — bu eng istalmagan narsa. Chunki suv tufayli urush boshlanib ketsa, ikki davlat uchun ham yaxshi boʻlmaydi. Chetdagi boshqa davlatlar uchun yaxshi boʻlishi mumkin, lekin Markaziy Osiyo uchun bu istalmagan holat hisoblanadi.
Shuning uchun Oʻzbekiston oldida, takror aytyapman, jiddiy suv muammosi turibdi. Va bu judayam chigal muammo. Buni faqat Tolibonning geosiyosiy maqsadi deya olmaymiz. Ularga suv kerak. Yana ular “har qancha suv olishga haqqimiz bor”, deyapti. “Chunki 50 yil davomida hali ulushimizni olmadik”, deyapti. Va judayam tahlikali qadam bosyapti. Shuningdek, ekologik oʻzgarishlar xavfi ham mavjud. Masalan, afgʻonlar suv yoʻnalishini nazorat qila olishmasa, Afgʻonistonning kamida 7-8 million aholisi yashaydigan hududini suv bosib ketishi mumkin. Tasavvur qiling, bu Amudaryoning 50 foiz suvi boʻladi. Uni toʻxtatib boʻlmaydi", dedi siyosatshunos.
Suhbatni toʻliq holda yuqoridagi videoda koʻrishingiz mumkin.