Andijonda byudjetdan milliardlab mablagʻlar ajratildi
Avvalroq, Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev uch dona avtomobil sotib olish uchun 1,3 mlrd. soʻm ajratgandi.

Xalq deputatlari Andijon viloyati kengashi qarori bilan mahalliy byudjetdan 4,4 mlrd. mablagʻ ajratildi.
Ushbu pullar ishlatishini viloyat ishlar boshqarmasi va "Yagona buyurtmachi" IK DUK nazorat qiladi. U orqali mablagʻ viloyat hokimligining "Harbiy-maʼmuriy sektorlarni rivojlantirish jamgʻarmasi"ga yoʻnaltiriladi.
Qarorda aytilishicha, mazkur mablagʻ 2023 yilda davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan kelib tushgan.
Avvalroq, Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev uch dona avtomobil sotib olish uchun 1,3 mlrd. soʻm ajratgani maʼlum boʻlgandi.