IIV vakili Urganch shahar hokimi etib tayinlandi
Eslatib oʻtamiz, avval bu lavozimda Oybek Xolboyev ishlab kelgandi.

Rajabov Bunyod Madirimovich - xalq deputatlari Urganch shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Urganch shahri hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Bunyod Rajabov tayinlovga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Jamoat xavfsizligi departamenti Probatsiya xizmati boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.
Eslatib oʻtamiz, avval bu lavozimga Oybek Xolboyev ishlab kelgandi. U bir necha kun avval Shovot tumaniga hokim etib tayinlangandi.