Italiya prezidentining tashrifi boshlandi
Eslatib oʻtamiz, Italiya rahbari 9-11 kunlari Oʻzbekistonda boʻladi.
Siyosat
10-noyabr 2023 yil
Italiya prezidenti Serjo Mattarella 9 noyabr kuni Oʻzbekistonga tashrif buyurdi.
Bugun, 10 noyabr kuni Serjo Mattarella va uning farzandi Laura Mattarella Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov hamrohligida “Yangi Oʻzbekiston” bogʻiga tashrif buyurib, Mustaqillik monumenti poyiga gul qoʻydi.
Oliy martabali mehmonlar majmua meʼmoriy yechimlari hamda kompozitsiyasining mazmun-mohiyati va xususiyatlari bilan batafsil tanishdi.
Eslatib oʻtamiz, Italiya rahbari 9-11 kunlari Oʻzbekistonda boʻladi. Tashrif dasturidan investitsiya, ilmiy-madaniy hamkorlik masalalari oʻrin olgan.