Isroil bosh vaziri Gʻazo kelajagi qanday boʻlishini aytdi
Vashington Gʻazoning urushdan keyingi ishgʻoliga qarshi chiqqan.
Isroil HAMASni magʻlub etgandan soʻng Gʻazo sektorini egallash, bosib olish yoki hukmronlik qilish niyatida emas, lekin kerak boʻlsa, jangarilar tahdidining oldini olish uchun “ishonchli kuchlar” anklavga kirishi kerak, deydi Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu.
Netanyaxu Fox News telekanaliga bergan intervyusida: “Biz Gʻazoni bosib olishga, boshqarishga intilmayapmiz. “Oʻylaymanki, Gʻazoning kelajagi qanday boʻlishi aniq: bu jang oxirida HAMAS boʻlmaydi, biz nafaqat oʻzimiz uchun, balki hamma uchun, sivilizatsiyalar uchun, falastinliklar va isroilliklar uchun HAMASni yoʻq qilamiz. Biz Gʻazoni qurolsizlantirish, deradikalizatsiya va qayta qurishni koʻrishimiz kerak va bularning barchasiga erishish mumkin" deya bayonot berdi.
Bosh vazir Netanyaxuning Isroil Gʻazo xavfsizligi uchun maʼlum muddatgacha masʼul boʻladi degan soʻzlari asosiy ittifoqchi AQShning noroziligiga sabab boʻldi.
Vashington Gʻazoning urushdan keyingi ishgʻoliga qarshi chiqdi va anklavni falastinliklar boshqarishi kerakligini aytdi.
Netanyaxuning aytishicha, Gʻazoda hukumat tuzilishi kerak, biroq Isroil 7 oktabrdagi hujum takrorlanmasligi uchun harakat qiladi.
Avvalroq AQSh prezidenti Jo Bayden Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxudan Gʻazo sektoridagi janglarni vaqtincha toʻxtatishni soʻragani va rad javobini olgani maʼlum boʻlgandi.