Sardor Rahimxon muhim lavozimga tayinlandi
Bugun Oʻzbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondi boshqaruvi aʼzolarining yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Jamiyat
1-noyabr 2023 yil
Mehr-muruvvat ishlarini uyushtirish, nogiron bolalarga yordam qoʻlini choʻzish va sinovli kunlarda koʻngli yarim insonlar qalbiga yoʻl topishda «Yurak amri» nomli xayriya ishlari bilan tanilgan Sardor Rahimxon (Sanjar Rahimov) "Vaqf" fondi rahbari oʻrinbosari — “Vaqf” xayriya ishlari boʻyicha direktori lavozimiga tayinlandi.
Bugun Oʻzbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondi boshqaruvi aʼzolarining yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda tashkiliy masala koʻrildi.
Eslatib oʻtamiz, Isaxon Abdullayev “Vaqf” xayriya jamoat fondi raisi vazifasiga saylangandi.