platina.uz
Jahon

Isroil Gʻazodagi qochqinlar lageriga zarba berdi, oʻnlab odamlar halok boʻldi

 Gʻazo sektoridagi Al-Ahli Al-Maadani shifoxonasiga uyushtirilgan hujum natijasida 800 kishi halok boʻlgani urush boshidan beri eng qonli voqea boʻlib qolmoqda. 

Isroil Gʻazodagi qochqinlar lageriga zarba berdi, oʻnlab odamlar halok boʻldi

Isroil harbiy havo kuchlari 31 oktabr kuni Gʻazo sektoridagi Jabaliya qochqinlar lageriga aviazarba berdi, oqibatda kamida dastlab 50 kishidan 120 kishigacha tinch aholi oʻlgani aytilmoqda.

1 noyabr kuni yana 10dan oshiq qurbonlar aniqlangan. Qurbonlarning koʻpchiligi ayollar va bolalar ekani maʼlum qilingan.

Isroil tomonining aytishicha, vayronagarchilik Hamasning yuqori martabali qoʻmondoni va uning baʼzi odamlari halok boʻlgan havo hujumi tufayli sodir boʻlgan. Iddaoga koʻra, HAMAS tinch aholidan tirik qalqon sifatida gʻayriinsoniy foydalangan, havo hujumlari esa HAMASning yer osti bunkerlari qulashiga olib kelgan. Hujumning asosiy nishoni HAMAS komandiri Ibrohim Biariy boʻlgan va u yoʻq qilingan, deyiladi Isroil manbalarida.

Isroil 2021 yilda ham shunga oʻxshash sabab bilan Gʻazoning Rimal hududidiga zarba bergan, natijada 47 nafar tinch aholi halok boʻlgandi.

Eslatib oʻtamiz, Gʻazo sektoridagi Al-Ahli Al-Maadani shifoxonasiga uyushtirilgan hujum natijasida 800 kishi halok boʻlgani urush boshidan beri eng qonli voqea boʻlib qolmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid