Oʻzbekiston bugungi kun hisobidan ilk oltin medalni qoʻlga kiritdi
Kecha, 5 oktabr kuni uch nafar oʻzbek bokschisi oltin medal sohibi boʻlgandi.
Sport
6-oktabr 2023 yil
Oʻzbekiston delegatsiyasi bugungi kun hisobidan ilk oltin medalini qoʻlga kiritdi.
Unga kanoe slalomida eshkak eshish boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Anvar Klevleyev mualliflik qildi. Hamyurtimizning finalda qayd etgan 98.63 soniyali natijasini hech bir raqib yaxshilay olmadi va Klevleyev Osiyo oʻyinlari chempioniga aylandi.
Shu tariqa Oʻzbekiston hisobidagi medallar soni 20taga yetdi.
Kecha, 5 oktabr kuni uch nafar bokschimiz, Bahodir Jalolov, Hasanboy Doʻsmatov va Abdumalik Xalokovlar ham oltin medalni qoʻlga kiritgandi.