Bahodir Jalolov Osiyoda tengsiz deya topildi
Bugun uch nafar bokschimiz oltinga sazovor boʻldi.
Sport
5-oktabr 2023 yil

Boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Bahodir Jalolov ham sovrinlari sonini toʻliq koʻrinishga keltirdi. +92 kg vazn toifasining finalida bahs olib borgan yurtdoshimiz finalda azaliy raqiblaridan biri, qozogʻistonlik Kamshibek Konkbayev ustidan yana bir bor gʻalaba qozonib, Osiyo oʻyinlari chempioniga aylandi.
Bugun uch nafar bokschimiz oltinga sazovor boʻldi.
Avvalroq Hasanboy Doʻsmatov va Abdumalik Xalokovlar ham oltinni qoʻlga kiritgandi.