Putin Shavkat Mirziyoyevni tugʻilgan kuniga taklif qildi
Qayd etish kerak, 7 oktabrda Vladimir Putin oʻzining 71 yoshini qarshi oladi.

Shavkat Mirziyoyev 5-7 oktabr kunlari rasmiy tashrif bilan Rossiyaga boradi. Uni Rossiya prezidenti Vladimir Putin taklif qilgan.
Qayd etish kerak, 7 oktabrda Vladimir Putin oʻzining 71 yoshini qarshi oladi.
Tashrif dasturiga muvofiq, Moskva shahrida ikki davlat yetakchilarining muzokaralari boʻlib oʻtadi. Mirziyoyev Rossiya Hukumati Raisi Mixail Mishustin bilan ham uchrashadi.
Boʻlajak uchrashuvlar kun tartibidan ikki tomonlama strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari oʻrin olgan. Amaliy hamkorlikni, eng avvalo, savdo va iqtisodiyot, investitsiya, migratsiya va gumanitar sohalarda kengaytirishga alohida eʼtibor qaratiladi, deyiladi rasmiy xabarda.
Shuningdek, Oʻzbekiston Prezidenti Tataristonga tashrif buyurib, respublika Raisi Rustam Minnixanov bilan muzokara oʻtkazishi koʻzda tutilgan.