platina.uz
Jamiyat

“Temurbeklar maktabi”ga ayollar ham qabul qilinadi

Bu maktab bitiruvchilariga harbiy yoʻnalishdagi oliy dargohlar uchun toʻplagan balining 30 foizi imtiyoz sifatida taqdim etiladi.

“Temurbeklar maktabi”ga ayollar ham qabul qilinadi

Endi “Temurbeklar maktabi”ga ayollar ham qabul qilinadi. Prezident qarori (PQ–349, 30.10.2023 y.) bilan ayrim qarorlarga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritildi.

Unga koʻra:

- 2024/2025 oʻquv yilidan Milliy gvardiya Toshkent “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga ayol jinsidagi Oʻzbekiston fuqarolarini qabul qilish imkoniyati yaratiladi;

- Milliy gvardiya Qoʻriqlash bosh boshqarmasi Bolalar psixologiyasi markazi ishchi va xizmatchilarining lavozim maoshlari oshiriladi.

Shuningdek, Milliy gvardiya Qoʻriqlash bosh boshqarmasi mablagʻlari hisobidan Milliy gvardiya boʻlinmalari va harbiy qismlarining obʼektlariga quyosh fotoelektr stansiyalari va quyosh suv isitish qurilmalari bosqichma-bosqich oʻrnatiladi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq oliy taʼlimga joriy qabulda 35 toifadagi abituriyentlarga imtiyozlar boʻyicha tanqidiy maqola eʼlon qilingandi. Unda “Temurbeklar maktabi” bitiruvchilariga berilgan imtiyoz ham tanqid qilingan. Jumladan, bu maktab bitiruvchilariga harbiy yoʻnalishdagi oliy dargohlar uchun toʻplagan balining 30 foizi imtiyoz sifatida taqdim etiladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid