Qishloq xoʻjaligi vaziriga uch oʻrinbosar tayinlandi

Azim Nazarov suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlagan. 

Jamiyat
30-oktabr 2023 yil
Qishloq xoʻjaligi vaziriga uch oʻrinbosar tayinlandi

Qishloq xoʻjaligi vaziriga uchta yangi oʻrinbosarlar tayinlandi. 

- Azim Nazarov qishloq xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. U bungacha suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlagan.

- Akmal Qosimov qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. U bungacha Prezident Administratsiyasi agrosanoat kompleksini rivojlantirish shoʻʼbasi mudiri lavozimida ishlagan. 

- Bunyod Oxunov qishloq xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. U bungacha Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi moliya-iqtisodiyot va investitsiyalar departamenti boshligʻi lavozimida ishlagan.

Avvalroq 2023 yil avgust oyida qishloq xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari etib tayinlangan Togʻayev Botir Normahmadovich va qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Karimov Anvar Rasulevich ishdan olingani xabar qilingandi.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+