Qozogʻistonda motam eʼlon qilindi
Qurbonlar soni 20 kishidan oshib ketdi.

Qozogʻistonda 29 oktabr umummilliy motam kuni deb eʼlon qilindi. Qaragʻanda viloyatidagi konda halok boʻlganlar soni esa 22 kishiga yetgan.
Yana 23 kishi yer ostida qolmoqda. Ularning ahvoli nomaʼlum.
Prezident Qosim-Joʻmart Toʻqayev viloyatga tashrif buyurib, halok boʻlganlarning oila aʼzolari bilan uchrashgan.
Avvalroq Kostenko konida portlash oqibatida halok boʻlgan 16 kishining jasadi topilgani haqida xabar berilgandi.