platina.uz
Jamiyat

Yoʻl harakati haqidagi qonun yangi tahrirda qabul qilindi

Qonun bilan elektr dvigatelda ishlaydigan transport vositalari uchun alohida joylar ajratilishi va bunday joylarda elektr quvvat manbalariga ulanish imkoniyati yaratilishi mumkinligining belgilanmoqda.

Yoʻl harakati haqidagi qonun yangi tahrirda qabul qilindi

Oliy Majlis Senatining qirq oltinchi yalpi majlisida Yoʻl harakati haqidagi qonun yangi tahrirda qabul qilindi.

Unga koʻra, yoʻl egasining huquq va majburiyatlari, transport vositalari egalarining yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlashga doir majburiyatlari hamda mehnat shartnomasi boʻyicha ishlayotgan haydovchilarning huquqlari alohida moddalar bilan belgilanmoqda.

Senatorlar yoʻlning taʼmirlash ishlari olib borilayotgan uchastkalarida yoʻl harakatini tashkil etish masalalariga ham alohida eʼtibor qaratdilar. Xususan, qonunga koʻra, yoʻl uchastkalarini rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash yoki taʼmirlash boʻyicha ishlar bajarilayotganda yoʻlning mazkur uchastkalaridagi qatnov qismining koʻpi bilan 50 foizi oʻtish uchun cheklanishi yoki yopilishi mumkin. Yoʻl uchastkalarida qatnov qismining 50 foizidan koʻprogʻini yopish zarur boʻlgan taqdirda mazkur yoʻl uchastkalarini aylanib oʻtish taʼminlanishi kerak.

Qonun bilan koʻp kvartirali uylarga tutash hududlarning belgilangan chegaralarida toʻxtab turish joylarini qurish toʻgʻrisidagi qarorlar hududni rejalashtirish boʻyicha tasdiqlangan hujjatlarga muvofiq mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinishi belgilanmoqda. Bunda qurilish ishlari shaharsozlik normalari va qoidalarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Toʻxtab turish joylarini joylashtirish ekologik xavfsizlikni taʼminlash hamda atrof-muhitga, aholining sogʻligʻi va osoyishtaligiga salbiy taʼsirni kamaytirish hisobga olingan holda amalga oshirilishi qayd etilmoqda.

Qonun bilan elektr dvigatelda ishlaydigan transport vositalari uchun alohida joylar ajratilishi va bunday joylarda elektr quvvat manbalariga ulanish imkoniyati yaratilishi mumkinligining belgilanmoqda.

Shuningdek, Qonunda pulli toʻxtab turish joylariga doir talablar, pulli toʻxtab turish joylari egalarining huquq va majburiyatlari ham alohida modda bilan belgilanmoqda.

Majlisda yoʻl harakati ishtirokchilarining huquq va majburiyatlariga alohida urgʻu berilib, Qonunda transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi normalar hamda haydovchilarni tayyorlashga doir talablar belgilanayotganligi, transport vositalarini boshqarish huquqi qaysi hollarda bekor qilinishi mumkinligi koʻrsatib oʻtilganligi qayd etildi.

Avvalroq jarima ballarini ishga tushirish kechikayotgani va uning sabablari haqida xabar berilgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid