Dunyodagi eng qimmat futbol ligalari maʼlum qilindi
Avvalroq futbol tarixida eng kutilmagan transferlar roʻyxati taqdim etilgandi.

Transfermarket internet portali dunyoning eng qimmat futbol ligalari nomini elon qildi. Reyting portalningTelegram kanalida keltirilgan.
Roʻyxatda birinchi oʻrinni Angliya premer-ligasi (APL) egallab turibdi, uning klublarining umumiy qiymati 11,04 milliard yevroga baholanmoqda. Kuchli uchlikni Ispaniya La Ligasi (4,77 milliard) va Italiya A seriyasi (4,71 milliard) yakunlab bergan.
Reytingda keyingi oʻrinlarda Germaniya, Fransiya, Braziliya, Portugaliya, AQSh, Turkiya va Saudiya Arabistoni chempionatlari joylashgan.
Avvalroq futbol tarixida eng kutilmagan transferlar roʻyxati taqdim etilgandi.