Qishloq xoʻjaligi vaziri tayinlandi
Bu haqda Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryodagi yigʻilishda maʼlum qildi.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimidan ketgan Ibrohim Abdurahmonov qishloq xoʻjaligi vaziri etib tayinlandi.
Bu haqda Qarshi shahrida Shavkat Mirziyoyev raisligida Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan oʻtayotgan yigʻilishda maʼlum qilindi.
Kecha qishloq xoʻjaligi vaziri Aziz Voitov ishdan ketgani haqida xabar bergandik.