Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri tayinlanishi kutilmoqda
Avvalgi vazir Ibrohim Abdurahmonov Qishloq xoʻjaligi vazirligiga rahbar boʻlgandi.

Abdurahmonov Odil Qalandarovich oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri etib tayinlanishi kutilmoqda.
Bu haqda Platina.uz manbasi xabar berdi.
Eslatib oʻtamiz, Odil Abdurahmonov shu vaqtga qadar Prezident administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari lavozimida ishlab kelayotgandi.
Avvalgi vazir Ibrohim Abdurahmonov esa Qishloq xoʻjaligi vaziri etib tayinlandi. Abdurahmonov oʻz navbatida Aziz Voitovning oʻrnini egallagan.