platina.uz
Jamiyat

Qiziltepa va Xatirchi tumanlariga yangi hokim tayinlandi

Avvalroq Platina.uz Qiziltepa tumani sobiq hokimi Ulugʻbek Fayziyevning qonunlarga zid ravishda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgani haqida yozgandi. 

Qiziltepa va Xatirchi tumanlariga yangi hokim tayinlandi

Navoiy viloyati hokimi qaroriga asosan ikki tumanga yangi hokim tayinlandi.

Jumladan, Bekzod Bobomurodov Qiziltepa tumaniga hokim etib tayinlandi.

Shuningdek, Umidjon Adizov Xatirchi tumani hokimi lavozimini egallaydi. Ushbu rahbarlar xalq deputatlari tuman kengashi tasdigʻidan ham oʻtgan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Platina.uz Qiziltepa tumani sobiq hokimi Ulugʻbek Fayziyevning qonunlarga zid ravishda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgani haqida yozgan va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi buni tasdiqlagandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid