Prezident yangi lotin alifbosini jiddiy oʻrganishni aytdi
Bu haqda Shavkat Mirziyoyevning 21 oktabr – Oʻzbek tili bayrami kuni munosabati bilan yoʻllagan tabrigida aytilgan.

Lotin yozuvidagi yangi oʻzbek alifbosi boʻyicha xalq, jamoatchilik tomonidan bildirilgan barcha taklif va tavsiyalar jiddiy oʻrganilib, muhokamadan oʻtganidan soʻng tegishli qonun loyihasi yana bir bor koʻrib chiqilib, parlamentga kiritiladi.
Bu haqda Shavkat Mirziyoyevning 21 oktabr – Oʻzbek tili bayrami kuni munosabati bilan yoʻllagan tabrigida aytilgan.
"Avvalo, Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti faoliyati zamon talablari asosida tashkil etilib, barcha sohalarda davlat tilida ish yuritish sifatini yaxshilash, xususan, axborot-kommunikatsiya yoʻnalishida uni faol qoʻllash borasida ijobiy natijalarga erishilayotganini taʼkidlash lozim", deyiladi tabrikda.
Maʼlumotga koʻra, keyingi yillarda “Oʻzbek tilining izohli lugʻati”, “Alisher Navoiy qomusi”, “Zahiriddin Muhammad Bobur ensiklopediyasi”, “Falsafa” qomusiy lugʻati, “Oʻzbekiston yuridik ensiklopediyasi”, “Islom ensiklopediyasi”, “Maʼnaviyat: asosiy tushunchalar lugʻati”, “Pedagogika: ensiklopediya”, “Tarix atamalari lugʻati”, “Adabiyotshunoslik lugʻati”, “Yuridik atamalar lugʻati” kabi 40 dan ziyod fundamental kitoblar nashr etilgan.
Eslatib oʻtamiz, tilshunoslar yangi alifbodagi 2 ta harf birikmasi va 2 ta harfni yangicha usulda qabul qilishni taklif etishgandi:
- O‘ o‘ harfini Õ õ
- G‘ g‘ harfini Ğ ğ
- Sh sh harfini Ş ş
- Ch ch harfini C c harfiga oʻzgartirish.