Fargʻona hokimining barcha oʻrinbosarlari ogohlantirildi

Xalq deputatlari viloyat kengashi ularga yil oxirigacha muddat bergan.

Jamiyat
21-oktabr 2023 yil
Fargʻona hokimining barcha oʻrinbosarlari ogohlantirildi

Fargʻona viloyati hokimi oʻrinbosarlari 2023 yil 3-chorak yakuni boʻyicha faoliyati samaradorligini baholash koʻrsatkichlari ijrosi 100 foiz va undan yuqori — “aʼlo” deb baholangan boʻlsa-da, lekin ayrim maqsadli koʻrsatkichlarga erishishda, xususan, ijro.gov.uz ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali ijrosi taʼminlanishi zarur boʻlgan topshiriq va vazifalar ijrosini taʼminlashda sustkashlikkka yoʻl qoʻygani uchun ogohlantirildi.

Platina.uz sayti barcha viloyat hokimlarining obunachilar orasidagi reytingini aniqlagan edi. Unda Fargʻona hokimi Xayrullo Bozorov 643 ta ovoz bilan 8-oʻrinni olgandi.

Belgilangan mezonlar tahliliga koʻra, viloyat hokimi oʻrinbosarlarining 3-chorak yakuni boʻyicha samaradorlik koʻrsatkichlari bajarilishi natijalari quyidagicha baholandi:

Viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshligʻi X.Sirojitdinovning faoliyati yoʻnalishi boʻyicha:

37 ta asosiy koʻrsatkichlardan 32 tasi bajarilgan boʻlib, 5 ta koʻrsatkichlarning ijrosi toʻliq taʼminlanmagan.

Jumladan:

  • tijorat banklarida muammoli kreditlaming ulushi 86,4 foizga;
  • yaratilgan yangi ish oʻrinlari (bandlik dasturi ijrosi) 150 301 tani (reja - 198 532 ta) tashkil etib, belgilangan reja ijrosi 75,7 foizga;
  • oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun ajratilgan kreditlar miqdori 180,4 mlrd. soʻmni (reja - 200 mlrd. soʻm) tashkil etib, belgilangan reja ijrosi 90,2 foizga;
  • “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali ijrosi taʼminlangan topshiriq va vazifalar soni 30 tani (reja - 31 ta) tashkil etib, belgilangan reja ijrosi 96,8 foizga;
  • murojaatlar bilan ishlash samaradorligi (kanoatlantirilgan murojaatlar ulushi) 74.0  foizga bajarilgan.

Hokim birinchi oʻrinbosari X.Sirojitdinovning umumiy samaradorlik koʻrsatkichi 102,7  foizni tashkil etib, “aʼlo” deb baholangan.

Viloyat hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari X.Isaqovning faoliyati yoʻnalishi boʻyicha:

48 ta asosiy koʻrsatkichlardan 43 tasi bajarilgan boʻlib, 5 ta koʻrsatkichlarning ijrosi toʻliq taʼminlanmagan.

Jumladan:

  • aholiga yetkazib berilgan suyultirilgan gaz hajmi (yil boshidan) 62 834,1 tonnani (reja - 67 045,2 tonna) tashkil etib, belgilangan reja ijrosi 93,7 foizga;
  • yetkazib berilgan tabiiy gaz hajmi (yil boshidan) 1 350 541 ming kub metrni (reja - 1 351 733 ming kub metr) tashkil etib, belgilangan reja ijrosi 99,9 foizga;
  • issiqlik taʼminotidan toʻlovlardan qarzdorliklarni qisqartirish 4  506,0 mln. soʻmni (reja - 4 987,0 mln. soʻm) tashkil etib, belgilangan reja ijrosi 90,4 foizga;
  • “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali ijrosi taʼminlangan topshiriq va vazifalar soni 57 tani (reja - 60 ta) tashkil etib, belgilangan reja ijrosi 95,0 foizga;
  • murojaatlar bilan ishlash samaradorligi (kanoatlantirilgan murojaatlar ulushi) 64.0  foizga bajarilgan.

Hokim oʻrinbosarining umumiy samaradorlik koʻrsatkichi 106,5 foizni tashkil etib, “aʼlo” deb baholangan.

Viloyat hokimi oʻrinbosari — investisiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshligʻi I.Ergashevning faoliyati yoʻnalishi boʻyicha:

18 ta asosiy koʻrsatkichlardan 16 tasi bajarilgan boʻlib, 2 ta koʻrsatkichlarning ijrosi toʻliq taʼminlanmagan.

Jumladan:

  • amalga oshiriladigan hududiy eksport hajmi 515,4 mln. dollar (reja - 550,2 mln. dollar) tashkil etib, belgilangan reja ijrosi 93,7 foizga;
  • shundan sanoat mahsulotlari eksporti hajmi 332,5 mln. dollar (reja - 394,8  mln. dollar) tashkil etib, belgilangan reja ijrosi 84,2 foizga;
  • murojaatlar bilan ishlash samaradorligi (yaʼni qanoatlantirilgan murojaatlar ulushi) 60,0 foizga bajarilgan.

Hokim oʻrinbosarining umumiy samaradorlik koʻrsatkichi 126,7 foizni tashkil etib, “aʼlo” deb baholangan.

Viloyat hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.Tursunovning faoliyati yoʻnalishi boʻyicha:

40 ta asosiy koʻrsatkichlardan 37 tasi bajarilgan boʻlib, 3 ta koʻrsatkichlarning ijrosi toʻliq taʼminlanmagan.

Jumladan:

  • suv isteʼmolchilari uyushmalari tomonidan koʻrsatilgan suv xoʻjaligi xizmatlari uchun amalga oshirilgan toʻlovlar hajmi 3 689,0 mlrd soʻmni (reja -
  • 5246,0 mlrd. soʻm) tashkil etib, belgilangan reja ijrosi 70,3 foizga;
  • “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali ijrosi taʼminlangan topshiriq va vazifalar soni 28 tani (reja - 30 ta) tashkil etib, belgilangan reja ijrosi 93,3 foizga;
  • murojaatlar bilan ishlash samaradorligi (yaʼni qanoatlantirilgan murojaatlar ulushi) 65,0 foizga bajarilgan.

Hokim oʻrinbosarining umumiy samaradorlik koʻrsatkichi 101,8 foizni tashkil etib, “aʼlo” deb baholangan.

Viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari F.Qosimovning faoliyati yoʻnalishi boʻyicha:

50 ta asosiy koʻrsatkichlardan 30 tasi bajarilgan boʻlib, 20 ta koʻrsatkichlarning ijrosi toʻliq taʼminlanmagan.

Jumladan:

  • viloyat boʻyicha 3-7 yoshdagi bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish darajasi 77,3 foiz (reja - 84,4 foiz) tashkil etib, belgilangan reja ijrosi 91,2 foizga;
  • maktabgacha tayyorlov tizimi bilan 6 yoshli bolalarni qamrab olish darajasi 70,0 foiz (reja - 93,6 foiz) tashkil etib, belgilangan reja ijrosi 74,8 foizga;
  • davlat-xususiy sheriklik asosida maktabgacha taʼlim amalga oshiriladigan loyihalar doirasida yaratiladigan qoʻshimcha quvvatlar soni 4 tani (reja - 8 ta) tashkil etib, belgilangan reja ijrosi 50 foizga;
  • qamrov darajasi past boʻlgan, olis va aholisi tarqoq joylashgan hududlarda, shuningdek, sharoiti ogʻir qishloq va mahallalarda tashkil etilgan oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni va yaratiladigan qoʻshimcha quvvat soni 98 tani (reja - 101 ta) tashkil etib, belgilangan reja ijrosi 97,0 foizga;
  • umumtaʼlim maktablarining oliy maʼlumotli pedagog kadrlar bilan taʼminlanganlik darajasi (har 1000 kishiga toʻgʻri keladigan oliy maʼlumotli oʻqituvchilar soni) 53 526 nafar (reja - 55 553 nafar)ni tashkil etib, belgilangan reja ijrosi 96,4 foizga;
  • jihozlangan umumtaʼlim maktablari soni 13 tani (reja - 14 ta) tashkil etib, belgilangan reja ijrosi 92,9 foizga;
  • bandligi taʼminlangan professional taʼlim muassasalari bitiruvchilari soni 39 126 nafar (reja - 39 910 nafar)ni tashkil etib, belgilangan reja ijrosi 98,0 foizga;
  • yoshlarni oliy taʼlim bilan qamrab olish darajasi 33,0 foiz (reja - 40,0 foiz) tashkil etib, belgilangan reja ijrosi 82,5 foizga;
  • bandligi taʼminlangan professional taʼlim muassasalari bitiruvchilari soni 5 242 nafarni (reja - 5 577 nafar) tashkil etib, belgilangan reja ijrosi 94,0  foizga;
  • oliy taʼlim muassasalarining ilmiy salohiyati (ilmiy darajaga ega boʻlgan professor-oʻqituvchilar ulushi) 35,8 foiz (reja - 37,2 foiz) tashkil etib, belgilangan reja ijrosi 96,2 foizga;
  • yoshlarni vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qiluvchi chop etilgan targʻibot materiallari (uslubiy qoʻllanma, risola, flayer, plakatlar) soni 118 tani (reja - 120 ta) tashkil etib, belgilangan reja ijrosi 98,3 foizga;
  • ommaviy axborot vositalari, internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali efirga uzatilgan koʻrsatuv va ijtimoiy roliklar, chop etilgan maqolalar, oʻtkazilgan onlayn loyiha va tanlovlar soni 375 tani (reja - 400 ta) tashkil etib, belgilangan reja ijrosi 93,8 foizga;
  • haydovchilik kurslarida oʻqish xarajatlari va safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmati badali toʻlab berilgan “Mehribonlik” uylari tarbiyalanuvchilari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar soni 0,33 ming nafar (reja - 0,4 ming nafar)ni tashkil etib, belgilangan reja ijrosi 82,5 foizga;
  • aholida mavjud kasalliklar va ularni keltirib chiqaruvchi xavf omillari darajasiga koʻra 2-xavf guruhi oʻrtasida skrining tekshiruvlari oʻtkazilgan shaxslar soni 238 817 nafar (reja - 238 817 nafar)ni tashkil etib, belgilangan reja ijrosi 99,9 foizga;
  • aholida mavjud kasalliklar va ularni keltirib chiqaruvchi xavf omillari darajasiga koʻra 4-xavf guruhiga kiruvchi xonadoniga tashrif buyurish orqali va yil davomida rejali statsionar sharoitda davolanish bilan qamrab olingan bemorlar soni 54 201 nafar (reja - 55 000 nafar)ni tashkil etib, belgilangan reja ijrosi 98,5 foizga;
  • goʻdaklar oʻlimini kamaytirish (goʻdaklar oʻlimi 1 000 ta tirik tugʻilganlarga nisbatan) darajasi 6,3 koyeffitsent (reja - 6,9 koeffitsiyent)ni tashkil etib, belgilangan reja ijrosi 91,3 foizga;
  • onalar oʻlimiga yoʻl qoʻymaslik (onalar oʻlimi sonining har 100 ming tirik tugʻilgan chaqaloqlar soniga nisbati) darajasi 13,9 koeffitsiyent (reja - 15 koeffitsiyent)ni tashkil etib, belgilangan reja ijrosi 92,7 foizga;
  • “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali ijrosi taʼminlangan topshiriq va vazifalar soni 47 tani (reja - 53 ta) tashkil etib, belgilangan reja ijrosi 88,7 foizga;
  • murojaatlar bilan ishlash samaradorligi (yaʼni qanoatlantirilgan murojaatlar ulushi) 79,0 foizga bajarilgan.

Hokim oʻrinbosarining umumiy samaradorlik koʻrsatkichi 103,4 foizni tashkil etib, “aʼlo” deb baholangan.

Viloyat hokimi oʻrinbosari - oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi K.Kavlanovaning faoliyati yoʻnalishi boʻyicha:

21 ta asosiy koʻrsatkichlardan 19 tasi bajarilgan boʻlib, 2 ta koʻrsatkichlarning ijrosi toʻliq taʼminlanmagan.

Jumladan:

  • kasb-hunarga oʻqitilgan xotin-qizlar soni 17 400 nafarni (reja - 18 000 nafar) tashkil etib, belgilangan reja ijrosi 96,7 foizga;
  • murojaatlar bilan ishlash samaradorligi (yaʼni qanoatlantirilgan murojaatlar ulushi) 60,0 foizga bajarilgan.

Hokim oʻrinbosarining umumiy samaradorlik koʻrsatkichi 101,5 foizni tashkil etib, “aʼlo” deb baholangan.

Viloyat hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari X.Ahmedovning faoliyati yoʻnalishi boʻyicha:

26 ta asosiy koʻrsatkichlardan 21 tasi bajarilgan boʻlib, 5 ta koʻrsatkichlarning ijrosi toʻliq taʼminlanmagan.

Jumladan:

  • turizm va madaniyat sohasida barpo etilgan yangi ish oʻrinlari soni 1 273 ta (reja -  1 301 ta)ni tashkil etib, belgilangan reja ijrosi 97,8 foizga;
  • turizm va madaniyat sohalaridagi tashkilotlarga jalb etilgan bitiruvchilar, ish bilan taʼminlangan yoshlar soni 75 nafarni (reja - 77 nafar) tashkil etib, belgilangan reja ijrosi 97,4 foizga;
  • mahalliy hokimiyat organlari saytining ommaviyligi darajasi (saytga tashrif buyuruvchilarning hudud aholisi soniga nisbati) 84,0 foiz (reja - 85,0 foiz) tashkil etib, belgilangan reja ijrosi 98,8 foizga;
  • murojaatlar bilan ishlash samaradorligi (yaʼni qanoatlantirilgan murojaatlar ulushi) 85,7 foizga bajarilgan.

Hokim oʻrinbosarining umumiy samaradorlik koʻrsatkichi 102,1 foizni tashkil etib, “aʼlo” deb baholangan.

Viloyat hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha oʻrinbosarining J.Xatamovning faoliyati yoʻnalishi boʻyicha:

12 ta asosiy koʻrsatkichlarning barchasi ijrosi toʻliq taʼminlangan.

  • murojaatlar bilan ishlash samaradorligi (yaʼni qanoatlantirilgan murojaatlar ulushi) 65,0  foizga bajarilgan.

Hokim oʻrinbosarining umumiy samaradorlik koʻrsatkichi 108,3 foizni tashkil etib, “aʼlo” deb baholangan.

Shunga asosan xalq deputatlari viloyat kengashi barcha hokim oʻrinbosarlariga quyidagi topshiriqlarni berdi:

  • uch kun muddatda 2023 yil 4-chorak davomida oʻz faoliyati samaradorligini “aʼlo” baho boʻlishini taʼminlash maqsadida (yaʼni barcha koʻrsatkichlarni toʻliq bajarilishiga erishish 100 foiz va 100 foiz+) yoʻl xaritalarini (har bir chorak boʻyicha alohida-alohida) ishlab chiqish va yoʻl xaritada belgilangan bandlar ijrosini oʻz vaqtida, sifatli va tizimli bajarilishini tashkil etish;
  • prezident va hukumat hujjatlari, topshiriqlari belgilangan muddatlarda sifatli bajarilishini tashkil etish, oʻzlari masʼul boʻlgan yoʻnalishlar boʻyicha tuman va shaharlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini baholashning reyting koʻrsatkichlari natijalari uchun shaxsan javobgar ekanliklari belgilab qoʻyish.
     
© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+