Oʻzbekiston Gʻazodagi xunrezlikni qoralab chiqdi
Hodisa oqibatida qurbon boʻlganlar soni 800 nafardan oshdi.

Oʻzbekiston Gʻazo sektoridagi shifoxonaga berilgan zarba sabab yuzlab kishilar halok boʻlganini qattiq qoraladi.
"Gʻazo sektoridagi "Al-Ahli" kasalxonasiga uyushtirilgan havo hujumi oqibatida koʻplab insonlar halok boʻlgani haqidagi xabarni chuqur qaygʻu bilan qabul qildik.
Bu dahshatli zoʻravonlik harakatini keskin qoralaymiz va buni xalqaro gumanitar huquqning qoʻpol buzilishi deb hisoblaymiz.
Vafot etganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirgan holda, mojaro tomonlarini zudlik bilan harbiy harakatlarni toʻxtatishga hamda oʻt ochishdan tiyilishga chaqiramiz" deyiladi TIV bayonotida.
Eslatib oʻtamiz, shifoxonaga 17 oktabrdan 18 oktabrga oʻtar kechasi zarba berilgan. Dastlab 500, soʻngra 800 kishi halok boʻlgani xabar berildi. Hujumda Isroil qurolli kuchlari ayblanmoqda.