Muxtor Muhitdinov vazir oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi
U avval Jahongir Ortiqxoʻjayevga ham oʻrinbosar boʻlgan.

Muxtor Muhitdinov favqulodda vaziyatlar vazirining oʻrinbosari lavozimidan olindi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Muhitdinov Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlangan. Ushbu lavozimda ishlab kelgan general-mayor Ravshan Haydarov sentabr oyida Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi boshligʻi lavozimiga tayinlangandi.
Muxtor Muhiddinov 2020 yil oxirigacha ham Toshkent shahar FVBni boshqargan. U 2020 yil noyabr oyi boshida Toshkent shahar hokimi oʻrinbosari – Toshkent shahar kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasi boshligʻi etib tayinlangandi.