platina.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Xitoyga boradi

Tashrif dasturida XXR Raisi Si Szinpin bilan uchrashuv koʻzda tutilgan. 

Shavkat Mirziyoyev amaliy  tashrif bilan Xitoyga boradi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan 17-18 oktabr kunlari “Bir makon, bir yoʻl” uchinchi xalqaro forumi tadbirlarida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Pekin shahrida boʻladi.

Yubiley sammitning kun tartibidan savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, transport-kommunikatsiyaviy oʻzaro bogʻliqlikni kuchaytirish, “yashil” taraqqiyot, raqamlashtirish dasturlarini ilgari surish va boshqa masalalar oʻrin olgan. Oʻtgan oʻn yillik davrda koʻp tomonlama sheriklikda erishilgan asosiy natijalar sarhisob qilinadi, kelgusi hamkorlikning yangi vazifalari belgilab olinadi.

Prezident forumning yalpi sessiyasida dasturiy nutq soʻzlashi hamda “Makon va yoʻl” tashabbusi doirasidagi xalqaro hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan oʻz nuqtai-nazarini bayon qilishi kutilmoqda.

Tashrif dasturida XXR Raisi Si Szinpin va Xitoy Xalq siyosiy maslahat kengashi raisi Van Xunin bilan muzokaralar, boshqa ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazilishi koʻzda tutilgan, deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Eslatib oʻtamiz, bundan avval Shavkat Mirziyoyev Bishkekdagi MDH davlatlari kengashida ishtirok etgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid