Oʻzbekistonning oʻpkasi: Botanika bogʻi haqiqatlari

Platina.uz mutaxassis bilan mavzu yuzasidan suhbatlashdi. 

Jamiyat
14-oktabr 2023 yil

Yaqinda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Botanika bogʻini hokimiyat qaramogʻiga oʻtkazish haqidagi qaror loyihasini yashirincha eʼlon qilgandi. Ammo jamoatchilik bundan xabar topib, jiddiy eʼtiroz bildirishi natijasida bogʻ Fanlar akademiyasi tassarufida qoldirildi. Agar biz bogʻni yoʻqotsak nimani boy berardik?

Platina.uz ushbu savolga mutaxassisdan javob oldi. 

Toshkent Botanika bogʻi boʻlim boʻshligʻi Xolmirzayeva Atirgul:

Bu xabarni eshitib hamma xavotirga tushdim. Xalqimiz koʻpchilik ekan hamma bogʻga qarshilik arizasiga imzo qoʻyaman deb kelishdi. Odamlar yigʻilmasidan avval Saida Mirziyoyeva “Botanika bogʻi - bu koʻngilochar joy emas. Bu - butun shahrimiz har kuni nafas olayotgan Toshkentning "oʻpkasi". Bu - biz gʻururlanadigan tarix. 70 yildan ortiq vaqt davomida isteʼdodli olimlarimiz ushbu bogʻda bebaho daraxtlar va oʻsimliklarni yetishtirdilar, ularga oʻz mehr-muhabbatini bagʻishladilar. Yurtimizda bunday maskan boshqa hech qayerda yoʻq. 

Tabiatning ana shu bir parchasini asrab-avaylash, uni himoya qilish va bolalarimizga yetkazish bizning burchimizdir. Men Botanika bogʻini tijoriy tuzilmalar boshqaruviga topshirishga qatʼiyan qarshiman. Uning bir santimetri ham ijarachi yoki quruvchilarga berilmasligi shart.

Bogʻni olimlar yaratgan va u olimlar ixtiyorida boʻlishi, butun oʻzbekistonliklar uchun xizmat qilishi lozim. U Fanlar akademiyasi ixtiyorida qoladi.”- deb hamma mavzuga nuqta qoʻydi. 

Toshkent Botanika bogʻi 1950 yil barpo etilgan. Hozirgi paytda 66 gektar yerni egallaydi. 40 gektari 5 ta hududga boʻlingan. Botanika bogʻidagi daraxtlar oila, turkum, turga qarab ekilgan. Har bitta daraxt issiqqa va sovuqqa qanday chidamliligi va boshqa barcha xusususiyatlari, qanday koʻpaytirish yoʻllari oʻrganilgan. Mana shu yerda koʻkargan oʻzga iqlim oʻsimliklari bizni iqlim sharoitlariga koʻnib oʻzini vatanini topgan deb ataymiz. Bogʻda oʻsimliklar tipiga qarab rivojlanishi uchun yetarli sharoit yaratilgan boʻlib tropik, subropik iqlimiga mansub oʻsimliklarga issiqxonalar qurilgan. 

Bogʻ- oʻsimliklar genofondidir. Yer yuzidan kelgan kolleksiyalarni oʻrganib bizning iqlim sharoitlariga mos keladiganlarini topib Surxondaryoning Bandixon, Denov va 1993 yil Qoraqalpogʻiston Respublikasining Ellikqalʼa hududlarida botanika bogʻlari tashkil qilingan. Biz bu bogʻlar uchun hududning iqlim sharoitiga mos keladigan oʻsimlik navlarini tanlab berganmiz. Biz bergan navlar oʻsib hatto toshkentdagi bogʻda sovuqqa oʻrganolmagan turlar rivojlanib ketgan va endi shu navlar koʻchatlarini Toshkentga olib kelishmoqda. Olib kelinayotgan barcha oʻsimliklar ham tez moslasha olmayapti. Iqlim tez oʻzgarmoqda. Oʻtgan yilgi anomal sovuqda Eldar qaragʻaylarini sovuq urib ketdi. Yildan yilga yozlarimiz issiq va qishlarimiz sovuq boʻlyabdi. 

Botanika bogʻini ochiq osmon ostidagi muzey desak mubolagʻa boʻlmaydi. Kimdir Amerika oʻsimligini koʻrish uchun Amerikaga boradi. Bizda mana Amerika oʻsimliklari hududi bor. Kimga Sharqiy Osiyo oʻsimliklari kerakmi yoki boshqa bizda barcha davlat iqlim oʻsimliklari bor. Bogʻda Qizil kitobga kiritilgan kashtan bargli eman, Temir daraxti va shunga oʻxshash turli xil oʻsimliklar oʻsadi. Toshkentda katta maydondagi yashil joy faqat Botanika qolgan. 
Yaxshi odamdan bogʻ qoladi. Kimdir biz uchun ekib ketgan. Xudoga shukur, yashadik, nafas oldik va endi biz kelajak avlod uchun ekib ketishimiz kerak. Yoʻllarimiz kengaydi, asfaltlar kengaydi. Mashinalar undanda koʻpaymoqda shularga qarab daraxt ekishni ham koʻpatirishimiz kerak. Kislorod hammaga kerak. 

Kuz keldi, yaqinda yashil makonni yana bir qirq kunlik mavsumi 25 oktabrdan boshlanadi. Biz mana shunda koʻchatlarni toʻgʻri ekish boʻyicha, qanaqa parvarish qilishi, qish mavsumiga qanaqa tayyorlash boʻyicha tavsiyalarimiz bilan hissamizni qoʻshamiz. 

Karantindan keyin odamlar toza havo izlab uyda oʻtiraverib koʻzlariga yashillik istab bogʻga kelishdi. Karantindan keyin odam koʻpaydi. Qariyalar, bolali onalar toqqa chiqolmagan payt toza havo izlab bogʻda aylanib ketishadi.
Botanika bogʻi Toshkentning “oʻpkasi”. Agar bogʻ hokimlik tassarufiga oʻtib ketsa, Huddi Milliy bogʻning taqdiri Botanikani ham kutayotgandi. Milliy bogʻni parkka aylantirish “ qayta taʼmirlash” deb kam daraxtlar kesilib ketdimi? Bunday daraxtsizlantirilgan joylardan biri Amir Temur xiyobonidir. Vaqtida faollik koʻrsatildi, vaqtida bartaraf etildi. Boʻlmasa, “chiriyotgan oʻpkamiz” bilan qayergacha bora olardik? 

Fazilat Soib suhbatlashdi.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+