platina.uz
Jahon

Isroil HAMAS rahbarlaridan biri oʻldirilganini eʼlon qildi

Falastin tomoni Isroil armiyasining bayonotiga hozircha izoh bermadi.

Isroil HAMAS rahbarlaridan biri oʻldirilganini eʼlon qildi

Isroil mudofaa kuchlarining maʼlum qilishicha, mamlakat havo kuchlarining Gʻazodagi HAMAS amaliyot markaziga bergan zarbasi natijasida guruhning yuqori martabali jangarilaridan biri Murod Abu Murod halok boʻlgan.

Abu Murod Nahba havo-desant maxsus boʻlinmasi qoʻmondoni, XAMASning 7 oktabr kuni Isroilga hujumi yetakchilari va koordinatorlaridan biri boʻlgan.

Isroil harbiylari, shuningdek, avvalroq Livan bilan chegaradagi Margaliot shahri yaqinida bir necha livanlik jangarilar oʻldirilgani haqida xabar berdi.

Jangarilarga qarshi jangovar dronlardan foydalanilgan.

Falastin tomoni Isroil armiyasining bayonotiga hozircha izoh bermadi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Isroil Gʻazoning milliondan oshiq aholisiga hududni bir sutka ichida tark etish uchun vaqt bergani maʼlum boʻlgandi. BMT Isroilning bu rejasini keskin qoralab chiqqan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid