Fargʻonada katta miqdorda noqonuniy tamaki va dorilar aniqlandi
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Fargʻonada 1 mlrd. 406 mln. soʻmlik dori vositalari va tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasi aniqlandi.
Fargʻona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari viloyat DXX xodimlari bilan hamkorlikda Dangʻara tumanida tezkor tadbir oʻtkazishdi.
Tadbir davomida fuqaro T.V. xonadonida noqonuniy saqlanayotgan, xorijda ishlab chiqarilgan, bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlari boʻlmagan, umumiy qiymati 1 mlrd. 406 mln. soʻmlik 292 mingdan ziyod sifati kafolatlanmagan dori vositalari va 30 000 quti aksiz markalari boʻlmagan tamaki mahsulotlari borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Avvalroq Namanganda katta miqdorda qalbaki dorilar fosh etilgani xabar berilgandi.