Shvetsiyada Qurʼonni yoqqan shaxs ilk bor jazoga tortildi
Ayblanuvchiga shartli hukm chiqarildi va jarimaga tortildi.

Shvetsiyaning Linchyoping birinchi instansiya sudi Qurʼonni yoqqan, uni videoga olgan va internetda tarqatgan shaxsga hukm chiqardi. Bu Shvetsiyada etnik va diniy adovatni qoʻzgʻatish moddasi boʻyicha bunday harakat uchun chiqarilgan birinchi hukmdir.
Ayblanuvchiga shartli hukm chiqarildi va jarimaga tortildi.
“2020 yil kuzida Qurʼon yoqib yuborgani va masjid yonida ekstremistik mazmundagi musiqali videoni tarqatgani uchun jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan shaxs abdor deb topildi”, — deyiladi sud matbuot xizmatida.
Eslatib oʻtamiz, 37 yoshli asli iroqlik Salvan Momika Shvetsiya poytaxtidagi bosh masjid oldida muqaddas kitobni yoqqandi. Bungacha yanvar oyida daniyalik shaxs Rasmus Paludan ham ikki bor shu ishga qoʻl urgandi. Dunyo hamjamiyati, jumladan Shvetsiya aʼzo boʻlgan Yevropa Ittifoqi mazkur harakatni qoralab chiqqan.