platina.uz
Jamiyat

Namanganda qalbaki dorilar savdosi fosh qilindi

Ushbu holat yuzasidan tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Namanganda qalbaki dorilar savdosi fosh qilindi

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Yangi Namangan tuman boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan.

Unda fuqaro M.Sh. oʻz uyida yashirin sex tashkil etib, “Piratsetam” dori vositasini qimmat narxlarda oʻtkazish maqsadida “Panavir” nomi ostida qayta qadoqlab ishlab chiqarayotganligi aniqlanib, tekshiruv davomida 672 quti “Piratsetam”, 299 quti “Panavir” nomi tushirilgan dori vositasi hamda 12 750 dona yorliq va 2 550 dona dori vositasi oʻrovi uchun maxsus quti ashyoviy dalil sifatida olingan.

Ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186³-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni oʻtkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Avvalroq Oʻzbekistonda 65 nafar bolaning oʻlimiga sabab boʻlgan Hindistonning Marion Biotech kompaniyasi qaytadan faoliyatini boshlashi maʼlum qilingandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid