Tibbiyotmi yoki tabobat? Ijtimoiy soʻrov

Platina.uz shu savol doirasida aholidan soʻrovnoma oʻtkazdi.

Jamiyat
10-oktabr 2023 yil

Soʻnggi vaqtlar ijtimoiy tarmoqlar orqali farmatsevtik preparatlardan zaharlanayotgan koʻplab bemorlarga guvoh boʻlyapmiz. Yaqindagina avval Chust tumani, keyinroq Andijon viloyatida yosh bolalarda uchragan zaharlanish holatlarini bunga misol qilish mumkin.

Bunga qarama-qarshi tarzda tabobat ham keng tarqalib, qaysidir maʼnoda insonlarning ishonchiga kirib ulgurdi. Platina.uz "Tibbiyotmi yoki tabobat?" degan savol doirasida aholidan soʻrovnoma oʻtkazdi.

"Tabobatga koʻp ishonmayman", "poliklinikamizdan dori tarqatiladi, lekin baribir qoʻrqaman", "shu paytgacha shifokor tavsiyasi bilan dori ichib kelganman, shuning uchun menda kasallanish holati boʻlmaydi", "bir ikki marta oʻzimizning usulimizda davolanib koʻrganmiz, nojoʻya taʼsirlar koʻrsatgani uchun shifokorga borganimiz maʼqul, degan xulosaga kelganmiz", "tibbiyot beradigan dorilarga baribir muhtojmiz, kimnidir qon bosimi bor, busiz iloji yoʻq" kabi izohlar bilan tibbiyotni yoqlaganlar respondentlarimizning yuqori qismini tashkil etdi.

Ikkinchi oʻrinda esa "oʻzim tabobat usulini koʻp qoʻllayman, shu paytgacha doktorga hech qachon ishim tushmagan", "tabobat yaxshi boʻlib qoldi, dorilargayam ishonch yoʻq hozir, ximikat koʻpayib ketgan, har xil dorilar chiqib yotibdi", "doktor yozib bergan dorilarni vaqtida icha olmaganim uchun tabobatni yoqlayman" kabi javoblar bilan tabobatni yoqlovchilarni koʻrishimiz mumkin.

Keyingi oʻrinlarda esa yo ikkalasini yoqlamay, oʻzi tuzalishga harakat qiluvchilar, yoki aksincha ikkalasiga ham yuzlanib koʻrish kerakligini taʼkidlashdi.

Odinaxon Dehqonova

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+