platina.uz
Jamiyat

Kamar taqmagan yoʻlovchi jarimaga tortilmaydi

Tayyorlangan videorolikda old oʻrindiqdagi yoʻlovchi ham jarimaga tortiladi, degan maʼno anglashilgani omma orasida tushunmovchiliklarga sabab boʻlyapti.

Kamar taqmagan yoʻlovchi jarimaga tortilmaydi

Shu kunlarda nafaqat mashina haydovchisi, balki uning yonidagi oʻrindiqda oʻtirgan yoʻlovchi ham xavfsizlik kamarini taqmagani uchun jazoga tortilishi koʻp muhokamaga sabab boʻlyapti. Bu talab bajarilmagan hollarda BHMning 50 foizi, yaʼni 165 ming soʻm miqdorida jarimaga tortish ham boshlab yuborildi, degan xabarlar tarqalgan.

Chunki IIV Yoʻl harakati xavfsizligi jamoat xavfsizligi departamenti yoʻl harakati xavfsizligi xizmati tayyorlagan videorolikda yoʻlovchi ham jarimaga tortiladi, degan maʼno anglashilgani omma orasida tushunmovchiliklarga sabab boʻlyapti.

Avval xabar qilganimizdek, endilikda kuzatuv kameralari harakat vaqtida xavfsizlik kamarini taqmagan haydovchilarni ham qayd etadi.

Ichki ishlar vazirligi jamoat xavfsizligi departamenti yoʻl harakati xavfsizligi xizmati maʼlum qilishicha, haydovchilarning mashinani boshqarish va yoʻlovchilar tashishda xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalariga rioya etmasligi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 125-moddasi birinchi qismiga koʻra, bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Yaʼni, mashina boshqarayotgan haydovchi va old oʻrindiqdagi yoʻlovchilar harakatni boshlashdan oldin xavfsizlik kamarlarini taqib olishlari shart, biroq haydovchi yonidagi yoʻlovchi kamar taqmaganda unga jarima qoʻllanilmaydi.

Bu tushunmovchiliklar yuzasidan izoh soʻraganimizda, IIV Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati axborot xizmati rahbari, podpolkovnik Azizxon Murodov quyidagilarni maʼlum qildi: mashina haydovchisi yonidagi yoʻlovchi xavfsizlik kamarini taqmagani uchun jarimaga tortilmaydi. Lekin mavjud qonunchilik talabalariga koʻra, xususan, Yoʻl harakati qoidalarining 11-bandiga koʻra, haydovchi mashinada harakatlanishni boshlashdan oldin yoʻlovchilarni xavfsizlik kamarini taqish haqida ogohlantirishga majbur.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid