Buxoro hokimi toʻrtta tuman uchun ikki milliard soʻm ajratdi
Toʻrtta tumanga pul Xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdagi sessiyasida hisobot berish sharti bilan ajratiladi.

Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripovning farmoyishi bilan toʻrtta tumandagi mahallalar uchun 2 mlrd. 132 million soʻm ajratildi.
Mablagʻlar Jondor, Peshkoʻ, Shofirkon va Kogon tumanlarida "Obod qishloq", "Obod xonadon" va "Obod koʻcha" dasturlarini amalga oshirish ishlari uchun taqdim etilmoqda.
Aytilishicha, ushbu mablagʻlar ijtimoiy soha muassasalaridagi isitish qozonlarini oʻrnatish xarajatlari byudjet darajasida qoplangani uchun viloyat mahalliy byudjetiga qaytarilgan mablagʻlardir.
Toʻrtta tumanga pul Xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdagi sessiyasida hisobot berish sharti bilan ajratiladi.
Avvalroq, Qashqadaryo viloyati hokimi qarzdorlik va ijtimoiy muammolar uchun yuz milliardlab pul ajratgani maʼlum boʻlgandi.




