Isroilda urush, yuzlab qurbonlar berilgan: soʻnggi xabarlar

Tel-Avivdagi Ben-Gurion xalqaro aeroporti mamlakatni tark etish istagidagi odamlarga toʻldi.

Jahon
8-oktabr 2023 yil
Isroilda urush, yuzlab qurbonlar berilgan: soʻnggi xabarlar

Isroil va Gʻazo sektoridagi HAMAS guruhi oʻrtasidagi harbiy toʻqnashuvlar oqibatida halok boʻlganlar soni 600 kishidan oshib ketdi. Isroil sogʻliqni saqlash vazirligi 300, Falastin tomoni esa 313 nafar kishining halok boʻlganini maʼlum qilgan. 

Isroil harbiy-siyosiy vazirlar mahkamasi mamlakat “urush holati”ga oʻtganini rasman eʼlon qildi. Mamlakatdagi oʻquv dargohlarida taʼlim jarayonlari toʻxtatildi. 

Livanda joylashgan "Hizbulloh" guruhi ham HAMAS bilan birdamlik maʼnosida Isroil hududlarini oʻqqa tutgani aytilmoqda. Isroil tomoni guruhga javob zarbalarini bergan. 

Shuningdek, Misrda politsiya otgan oʻq oqibatida ikki isroillik halok boʻldi, hozirda politsiyachi qoʻlga olingan.

Isroil tomonining iddao qilishicha, soʻnggi kunlarda HAMASning 400 dan oshiq jangarisi yoʻq qilindi. 

Tel-Avivdagi Ben-Gurion aeroporti mamlakatni tark etish istagidagi odamlarga toʻldi: ular ichida turli mamlakatlar fuqarolari bor. 

Eslatib oʻtamiz, 7 oktabr kuni Gʻazo sektoridagi HAMAS harbiy guruhi "Al-Aqsa boʻroni" operatsiyasi boshlanganini eʼlon qildi va Isroil hududiga minglab raketalar uchirdi.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+