Sevinch Rahimova Osiyo oʻyinlari gʻolibiga aylandi
Avvalroq futbol boʻyicha Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi bronza medallarni qoʻlga kiritgandi.

Karate WKF yoʻnalishi boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Sevinch Rahimova delegatsiyamiz uchun muhim oltin medalni keltirdi.
-55 kg vazn toifasida bahs olib borgan yurtdoshimiz finalda Xitoy Taipeyi vakili Sui-Ping Kuni magʻlubiyatga uchratishga muvaffaq boʻldi.
Avvalroq futbol boʻyicha Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi uchinchi oʻrin uchun kechgan bahsda Gonkongni yirik 4:0 hisobida magʻlubiyatga uchratib, bronza medallarni qoʻlga kiritgandi.